Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

ICAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqaviy byurosi aviatsiya ma’muriyatlari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi

Chop etish Sahifani ulashish
24.04.2024 292 Yangiliklar

23 – 26-aprel kunlari Fransiyaning Tuluza shahrida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi Tashkiloti (ICAO) ning Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqaviy byurosi aviatsiya ma’muriyatlari bosh direktorlarining har yilgi an’anaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Unda 45 dan oshiq davlatlarning aviatsiya ma’muriyatlari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

 

Aviatsiya ma’muriyatlari Bosh direktorlari o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berishda “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Tohir Nazarov ushbu konferensiya raisining o‘rinbosari etib saylandi.

 

Ishtirokchilar parvozlar xavfsizligi, kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, fuqaro aviatsiyasi sohasida gender tenglikni ta’minlash, shuningdek, havo transporti sohasidagi xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish masalalarini muhokama qilmoqdalar.

 

ICAO konferensiyasi davomida O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyatining faoliyati alohida qayd etildi va ICAOga a’zo davlatlar bilan hamkorlikni tizimli davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.