Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

IHTga a’zo mamlakatlar Osiyo va Yevropa o‘rtasida xalqaro multimodal transport yo‘lagini shakllantirish yuzasidan kelishib oldi

Chop etish Sahifani ulashish
03.11.2023 3916 Yangiliklar

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar transport vazirlarining 12-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya transport sohasidagi manfaatdor vazirliklarining Osiyo va Yevropa o‘rtasida “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” xalqaro multimodal yo‘lagini shakllantirish bo‘yicha ko‘p tomonlama uchrashuvi Bayonnomasi imzolandi.


Imzolangan Bayonnomada quyidagi maqsadlar ko‘zda tutilgan:

 

- Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarigacha Oʻzbekiston, Turkmaniston, Eron, Turkiya hududlari orqali yuk tashishlarni tashkil etish;

 

- raqobatbardosh tarif stavkalarini qo‘llash va O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya temir yo‘llarida yuk tashish uchun qulay sharoitlar yaratish;

 

- yo‘nalish bo‘ylab yuk tashishlarni tashkil etishda normativ-huquqiy va texnik standartlarni birхillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish;

 

- yo‘lak ishtirokchi-davlatlari o‘rtasida transport sohasidagi bog‘liqlikni oshirish.

 

O‘zbekiston Respublikasi orqali o‘tuvchi muqobil xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining jahon transport-logistika tarmoqlariga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish va tranzit salohiyatini oshirish bo‘yicha “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.