Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ijro intizomi – samaradorlik omili

Chop etish Sahifani ulashish
08.08.2024 957 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida Transport vazirligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash hamda ijro intizomini mustahkamlash va xodimlarning ijro mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi hamda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari rahbarligida Transport vazirligi markaziy apparati xodimlari ishtirokida muhokama yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Yig‘ilish davomida ijro nazoratining normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish, hujjatlar bilan ishlash tartibi, ijro nazoratini tashkil etish, ijro intizomining monitoringini olib borish, shuningdek, elektron hujjatlar va ularning aylanish tizimi bilan ishlash yuzasidan ma’lumotlar berildi.

 

Muhokama so‘ngida qatnashchilar mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.