Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ilxom Maxkamov Turkiya transport va infratuzilma vaziri bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
04.10.2023 1719 Yangiliklar

Qozog‘istonning Ostona shahrida davom etayotgan VI Xalqaro transport-logistika biznes-forumi doirasida Transport vaziri Ilхom Maxkamov Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir O‘ralo‘g‘li bilan uchrashdi.


Uchrashuvda transport va logistika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar avtomobil transportida yuk tashuvlarida elektron ruxsatnomalar tizimi joriy etilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.


Shuningdek, yo‘l va ko‘prik qurilishi sohalaridagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi. Ilxom Maxkamov turkiyalik hamkasbini 1 va 2 - noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT birinchi transport forumi hamda IHT transport vazirlarining 12-yig‘ilishiga taklif qildi.