Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ilxom Maxkamov Xitoy transport vaziri Li Syaopen bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
26.09.2023 3764 Yangiliklar

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama etildi.

 

Xususan, vazirlar “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish, Andijon –O‘sh – Irkeshtom – Qashg‘ar multimodal transport koridorini rivojlantirish, xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga vizalarni yengillashtirilgan tartibda berish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikda yangi multimodal transport koridorlarini shakllantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

 

Uchrashuvda muhokama etilgan yo‘nalishlarda kelishilgan masalalarni amalga oshirish maqsadida ikki davlat ishchi guruhlari yig‘ilishini yaqin orada o‘tkazishga kelishib olindi.