Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Islomda erkak va ayollarning huquqlari, gender tengligi masalalari yuzasidan maʼrifat soati o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
08.07.2021 686 Yangiliklar

Transport vazirligi markaziy apparatida “Yoshlar tarbiyasi, halol mehnat, oilaviy munosabatlarda erkak va ayollarning huquq va majburiyatlariga doir diniy ta’lim” mavzusida Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov ishtirokida maʼrifat soati o‘tkazildi.

 

Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirokchilari domlaga o‘z savollari bilan murojaat etdi. Farzandlarning diniy tarbiyasida qaysi manbalarga tayanish kerakligi, Islomda erkak va ayollarning huquqlari, gender tengligi, transport vositalari, yoshlar kiyimi va boshqa ko‘rgazmali vositalarda arab tilida duolar, ismlar, niyatli so‘zlar aks ettirilishi, televidenieda diniy bilimlarni oshirish uchun turkum ko‘rsatuvlar tashkil etilishi yuzasidan berilgan savollarga Nuriddin domla tomonidan batafsil javoblar berildi.

 

Bunda Qur’on, Hadislardan hikmatli so‘zlar, namunalar keltirilib, izohlar berildi.