Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ispaniya bilan hamkorlikda xalqaro tashuvlar rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
27.05.2024 1912 Yangiliklar

Bugun, 27-may kuni Transport vazirligida Ispaniya Qirolligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha birinchi qo‘shma qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Ispaniya transport va barqaror mobillik vazirligi vakillari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishida tomonlar avtomobil transportida yuk tashuvlarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

 

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi avtomobil transportida yuk tashuvlar ko‘rsatkichi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni almashdilar. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashuvlari uchun zarur bo‘lgan ruxsatnoma turlari kelishib olishdi. Hamda 2024-yil uchun ruxsatnoma kvotalari soni tasdiqlandi.

 

Ispaniya tranzit imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda Janubiy transkaspiy koridori bo‘ylab yuk tashuvlari hajmini oshirish maqsadida tomonlar ikki davlatning yirik tashuvchilari ishtirokida B2B formatida uchrashuvlar tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishdi.

 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ispaniya Qirolligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha qo‘shma qo‘mita bayonnomasi imzolandi.