Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

ITB delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
30.05.2024 1345 Yangiliklar

Transport vaziri o‘rinbosari Ilxom Abdugafarov Muhammad Alixon rahbarligidagi Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni bank tomonidan moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi. Jumladan, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” pullik avtomobil yo‘llarini DXSh asosida qurish loyihasi yuzasidan fikr almashildi. Loyihaning bugungi holati yuzasidan ma’lumot berildi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.