Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
03.10.2024 974 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyodagi transport siyosati rahbari Shomik Raj Mehndiratta hamda infratuzilma dasturi rahbari va transport bo‘yicha yetakchi mutaxassis Vey Vinni Vang bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda transport sohasini yanada rivojlantirish, sohaga xususiy moliyalashtirishni jalb qilish imkoniyatlari, Toshkent – Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi va bank tomonidan mazkur loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.