Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

JDB GROUP transport infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
15.08.2024 188 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Xitoyning “JDB GROUP” kompaniyasi raisi Chan Xun-to bilan uchrashdi. 

 

Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik infratuzilma loyihalarida ushbu kompaniya ishtiroki muhokama etildi.

 

Xususan, Toshkent – Samarqand, Toshkent – Andijon pullik avtomobil yo‘llarini qurish loyihasi, shuningdek, mamlakatimiz avtomobil yo‘llarini yoritish tizimini yangilangan zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdi.