Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yo‘lovchi va kutib oluvchilar diqqatiga

Chop etish Sahifani ulashish
26.01.2022 3515 Yangiliklar

 

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Istanbul xalqaro aeroporti faoliyati to‘liq to‘xtatilgani munosabati bilan "Uzbekistan Airways" AJ 2022 - yil faqat 26 - yanvar kuni bajarilishi rejalashtirilgan HY–271/272 Toshkent – Istanbul – Toshkent va HY–277/278 Farg‘ona – Istanbul – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni bekor qilinganini ma’lum qildi. 

Bekor qilingan parvozlar yo‘lovchilari chiptaning to‘liq qiymatini sotib olingan joyda qaytarish yoki 27 - yanvar kuniga yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin har qanday kunga bepul ko‘chirish huquqiga egadirlar.