Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Joriy yilda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan

Chop etish Sahifani ulashish
13.05.2024 1621 Yangiliklar

Bugungi kunda jami 32 ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 196 ta avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

 

2024-yil yanvar-aprel oylari davomida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida 173 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Ko‘rsatkichlar, 2023-yil mos davriga nisbatan 15% oshgan.


2024-yil davomida 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishlarini ochilishi rejalashtirilgan.


Bular, Samarqand – Bishkek, Buxoro – Bishkek, Buxoro – Ostona, Samarqand – Turkiston, Buxoro – Turkiston, Shaxrisabz – Turkiston, Samarqand – Dushanbe, Buxoro – Dushanbe, Toshkent – Ufa, Toshkent – Krasnodar.