Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Joriy yilda xarid qilinishi rejalashtirilgan 2000 ta avtobusdan 1137 tasi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlariga joylashtirildi

Chop etish Sahifani ulashish
29.08.2023 1579 Yangiliklar

2023-yilda 56 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishi tashkil etish rejalashtirigan bo‘lib, bugungi kunga qadar 22 ta avtobus va 36 ta yo‘nalishli taksi, jami 58 ta yangi yo‘nalish tashkil etildi.

 

2023 yil yanvar-iyul oylarida hududlarda norentabel bo‘lgan shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida ko‘rgan zararlari o‘rnini qoplash uchun mahalliy byudjet mablag‘laridan 7 285,1 mln so‘m subsidiya ajratildi.

 

Shuningdek, shahar yo‘nalishlarida fuqarolarning ayrim toifalarini bepul tashilishi natijasida ko‘rilgan zararlarni o‘rnini qoplash, shahar yo‘lovchi transportida cheklangan tariflar natijasida ko‘rilgan zarar bo‘yicha jami 2 777,3 mln so‘m subsidiyalar qoplab berildi.

 

2023 yil 1-avgust holatiga 110 ta avtobus yo‘nalishi bo‘yicha brutto-shartnomalari rasmiylashtrildi.