Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Joriy yilda Xorazmlik tadbirkorlar tomonidan 100 ta mikroavtobus xarid qilindi  

Chop etish Sahifani ulashish
30.10.2023 2527 Yangiliklar

Aholiga qulay va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida hududlarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Joriy yil Xorazm viloyatida 19 nafar tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan o‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobiga umumiy qiymati 3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 100 ta mikroavtobuslar xarid qilindi.

 

Ularning 52 tasi Xitoyda ishlab chiqarilgan JAC, 4 tasi FATON va 44 tasi Rossiyada ishlab chiqarilgan GAZEL-NEXT rusumli mikroavtobuslardir. Natijada viloyatda 6 ta yangi yo‘nalishlarda jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yildi, ilgaridan mavjud yo‘nalishlarda qatnovlarning oraliq vaqti qisqarib, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratildi.

 

Kuni kecha esa “COMFORT AUTO HAMKOR” MChJ tomonidan umumiy qiymati 1 mln 104 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 4 ta YUTONG va  4 ta ZHONGTONG avtobuslari olib kelindi. Mazkur avtobuslar Urganch – Toshkent – Urganch yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

 

Viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.