Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Joylarda haydovchilar bilan profilaktik targ‘ibot tadbirlari o’tkazilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
31.08.2023 1936 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32-yilligi tantanalari arafasida yo‘nalishlarda yo‘l kira narxlarining oshirib yuborilishini oldini olish maqsadida viloyatdagi transport boshqarmasi xodimlari tomonidan to‘xtash va ohirgi bekatlarida, avtovokzallar, shoh bekatlarda haydovchilar bilan profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 

Tadbir davomida shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashuvchi haydovchilarga bayram va dam olish kunlarida yo‘l kira narxlarni sun’iy oshirmaslik, yo‘l qoidalariga qat’iy amal qilish hamda belgilangan tartibda tashuvlarni amalga oshirish yuzasidan  tushuntirishlar berilmoqda.