Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Karantin muddati tugagan yurtdoshlarimiz maxsus yo‘lovchi poyezdida o‘z manzillariga yetkazib qo‘yilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
31.03.2020 10322 Yangiliklar

Avval xabar qilinganidek, yangi turdagi koronavirus infektsiyasi - COVID-19 ning mamlakatimizga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida bir guruh vatandoshlarimiz xorijdan qaytarilgan edi. Jumladan, Erondan olib kelingan 37 nafar va Latviya davlatidan qaytgan 175 nafar kishi To‘raqo‘rg‘on tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda “Kosonsoy” sihatgohida karantin kuzatuviga olingan edilar. Bugun ular karantin muddatini tamomladilar.

14 kun mobaynida karantin kuzatuvida bo‘lgan 212 nafar yurtdoshlarimizdan 187 nafari respublikamizning turli hududlarida istiqomat qilishlari inobatga olinib, ular “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Namangan-Toshkent-Urgench” yo‘nalishida harakati yo‘lga qo‘yilgan 901-sonli maxsus yo‘lovchi poyezdida o‘z yashash manzillariga yetkazib qo‘yiladi.

To‘liq dezinfeksiyalangan vagonlardan tashkil topgan mazkur yo‘lovchi poyezdi 31 mart kuni soat 09: 00 da Namangan temir yo‘l vokzalidan harakatini boshladi, harakat jadvaliga ko‘ra 1 aprel kuni soat 14: 57 da Urganch vokzaliga kirib boradi.