Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Karantin tartib va cheklovlariga qo‘shimchalar kiritildi

Chop etish Sahifani ulashish
25.06.2021 5751 Yangiliklar

 

So‘nggi kunlarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligining taklifiga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va cheklovlarga qo‘shimchalar kiritildi:

joriy yilning 28 - iyunidan 12 - iyuliga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi;

xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatlamini o‘zlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ihtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi;

joriy yilning 28 - iyunidan boshlab respublika bo‘ylab ko‘ngilochar obyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat beriladi;

ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sig‘imining 50 foizidan qat’iy oshirmagan holda xizmat ko‘rsatish belgilandi.

 

Toshkent shahriga kirishga cheklovlar quyidagi holatlarga tatbiq etilmasligi belgilandi

Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga;

Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) chet el fuqarolariga;

davolanish uchun tashrif buyurayotgan shaxslarga;

Toshkent shahrida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hududlardan keluvchi shaxslarga (ish joyi to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan taqdirda);

Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga uchib ketuvchi shaxslarga (aviachipta bo‘lgan taqdirda);

O‘zbekiston Respublikasiga turist bo‘lib kelgan chet el fuqarolariga va ularni olib kelayotgan avtotransport vositasining haydovchisi hamda agar guruhli jamoa bo‘lsa, tarjimon yoki turistik firma vakiliga;

barcha turdagi yuk tashish, shuningdek, qurilish materiallari (qum, shag‘al va boshqalar) bilan bog‘liq hollarga, etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini har qanday avtotransport vositalarida hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJning pochta jo‘natmalarini tashish bilan bog‘liq hollarga;

sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga.