Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” investitsiya forumi

Chop etish Sahifani ulashish
31.05.2024 1681 Yangiliklar

Joriy yilning 28-30 may kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyoz shahrida “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Investitsiya forumida davlat, hukumat, biznes va xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda nufuzli ekspertlar ishtirok etishdi.

 

Forumda o‘zaro farovonlikka erishish maqsadida turli sohalardagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda Ko‘rfaz arab davlatlari va Markaziy Osiyo mintaqasi o‘rtasidagi sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish yo‘llari muhokama etildi.

 

Forumning infratuzilma masalalari yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan panel sessiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov qatnashdi.

 

M.Omarov forum ishtirokchilariga mamlakatimizda transport va logistika sohasidagi mavjud imkoniyatlar, hamda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va istiqbolli loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

 

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Ko‘rfaz arab davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalarning chuqur ildizi bugungi kunda savdo hajmini oshirish va sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda strategik sarmoyaviy muloqotni rivojlantirishga zamin bo‘lib xizmat qilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 

Panel sessiya moderatori A.Motkin va xorijiy ekspertlar qo‘shni davlatlarda logistika yo‘nalishida transformatsiya jarayonlari endi olib borilayotgan bir vaqtda O‘zbekistonning ushbu sohada erishgan yutuqlari Ko‘rfaz arab davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishda o‘ziga xos ko‘prik bo‘lib xizmat qilayotganini e’tirof etishdi.