Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Koreya bilan hamkorlikda aerokosmik universitet tashkil etish istiqbollari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
13.10.2023 2836 Yangiliklar

12-oktabr kuni Transport vaziri o‘rinbosari I.Abdugafarov Koreya aerokosmik universiteti prezidenti Hee-Young Hurr boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida sohada professional kadrlarga bo‘lgan talabning keskin ortib borayotganini inobatga olgan holda universitet bilan o‘zaro hamkorlikda o‘quv kurslarini tashkil etish masalasi muhokama etildi.

 

Jumladan, Toshkent davlat transport universiteti bilan birgalikda Koreya aerokosmik universiteti filialini tashkil etish,  davlat va xususiy sektor aviatsiya sanoati xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv dasturlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

 

Hee-Young Hurr janoblari KAU dasturlarni ishlab chiqishi va tegishli mutaxassislar ishtirokida maxsus ma’ruzalar o‘tkazishni tashkil qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.