Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Koreya bilan hamkorlikda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida loyihalar amalga oshiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
12.09.2023 2473 Yangiliklar

Ayni paytda Transport vaziri o‘rinbosari I.Abdugafarov boshchiligidagi ishchi guruh Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi.

 

Tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasida transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Hyundai Rotem, KEC korporatsiyasi, Cheil Engineering va Dohwa Engineering kompaniyalari rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.

 

Muzokaralar davomida Koreyada ishlab chiqarilgan zamonaviy tezyurar poyezdlarning texnik imkoniyatlari va ularning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishildi.

 

Shuningdek, Koreya grant mablag‘larini jalb etgan holda Integratsiyalashgan jamoat transportini monitoring qilish markazini tashkil etish, Toshkent – Samarqand tezyurar temir yo‘lini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.


Ishchi guruh vakillari tashrif davomida KEC korporatsiyasining pullik avtomobil yo‘llarini onlayn monitoring qilish markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.