Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Koreya Eksimbanki vakillari bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
02.05.2024 1937 Yangiliklar

Transport  vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Janubiy Koreyaning Eksimbanki vakillari bilan uchrashdi. 

 

Bankning Toshkent shahridagi vakolatxonasi rahbari Yu Dje Xyon hamda Yevrosiyo va Yaqin Sharq departamenti direktori o‘rinbosari Nam Xyoni ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 2023-yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Hyundai-Rotem” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumiga asosan 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish loyihasini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek,  tomonlar O‘zbekistonning temir yo‘l sohasini  rivojlantirish yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.