Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Koreya Eksimbanki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
30.07.2024 1737 Yangiliklar

Bugun, 30-iyul kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Janubiy Koreya Eksimbanki Yevrosiyo va Yaqin Sharq departamenti direktori Kang Sangjin boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda mamlakatimiz temir yo‘l transporti sohasi va infratuzilmasini rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama etildi.

 

Muzokaralarda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni bank moliyaviy ko‘magida amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

 

Xususan, O‘zbekistonga 6 ta tezyurar elektropoyezdlarni yetkazib berish loyihasining joriy holati hamda Toshkent – Samarqand  tezyurar temir yo‘li qurilishi loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama etildi.