Xalqaro transport forumi (ITF) tomonidan tashkil etilgan sammitda 80 ga yaqin mamlakatlardan 50 yaqin vazir va delegatlar ishtirok etishdi. Global sammit ishida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov rahbarligida mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari ham qatnashdi.
“Yashil transport: inqiroz sharoitida e’tiborni qaratish” mavzusida bo‘lib o‘tgan sammit ishida tabiiy ofatlar, turli mojarolar va boshqa inqirozli sharoitlarda transportda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash choralarini tezlashtirish yo‘llari muhokama etildi. Ishtirokchilar transport tizimi bir vaqtning o‘zida ekologik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlagan holda iqtisodiy o‘sishga qanday qilib, yordam berishi haqida fikr almashdilar.
Shuningdek, sammit doirasida transport vazirlari ishtirokida “Iqlim o‘zgarishi”, “Inklyuziv transport”, “Ta’minot zanjiri barqarorligini ta’minlash” va yana boshqa ko‘plab mavzularda davra suhbatlari o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz Xalqaro transport forumi (ITF) o‘ziga besh qit’adagi 66 ta a’zo davlatlarni birlashtirgan hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. U a’zo davlatlar hukumatlari uchun tahlil markazi bo‘lib xizmat qiladi va transportni yaxshilash bo‘yicha global muloqotni tashkil qiladi.