Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Londonda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya savdo-sanoat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
01.12.2023 1853 Yangiliklar

Joriy yilning 28 va 29-noyabr kunlari London shahrida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya savdo-sanoat kengashining (UBTIC) 27-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari, banklar, shuningdek, diplomatik missiyalar rahbarlari, jami 100 dan ortiq ishbilarmon doiralar vakillari va rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

 

Tadbir doirasida moliyaviy resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish, ta’lim, to‘qimachilik sanoati, transport, raqamli texnologiyalar va biznes jarayonlarida autsorsing masalalariga bag‘ishlangan panel sessiyalari ham o‘tkazildi.

 

Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev aeroportlar, temir yo‘llar tizimini rivojlantirish va pullik yo‘llarni qurish bilan bog‘liq infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 

Tadbir yakuni bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya iqtisodiy, savdo va investitsiyaviy aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shma “Yo‘l xarita” hamda uchrashuvlar davomida erishilgan natijalarni amalga oshirish bo‘yicha qator kelishuv va memorandumlar imzolandi.