Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Mahalliy yo’nalishlardagi poyezdlar tarkibi bosqichma-bosqich to‘ldirilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
30.08.2023 2503 Yangiliklar

 “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJ tomonidan 2023-yil 1-iyul sanasiga qadar 38 ta yo‘lovchi vagon ta’mirlashdan chiqarildi va yo‘lovchi poyezdlarga ulandi. Har oyda o‘rtacha 15-16 ta yo‘lovchi vagonlar rejaviy ta’mirlanmoqda hamda modernizatsiya qilinmoqda.

 

Hozirgi kunda rejaviy ta’mirdan o‘tkazilgan hamda modernizatsiya qilingan yo‘lovchi vagonlar hisobidan Toshkent – Buxoro – Xiva, Toshkent – Buxoro – Qo‘ng‘irot va Toshkent – Samarqand – Termiz yo‘nalishlaridagi yo‘lovchi poyezdlar tarkibi hamda boshqa yo‘nalishlarda harakatlanuvchi poezdlar bosqichma-bosqich to‘ldirilmoqda.