Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Maxsus poyezd reyslari orqali Novosibirsk va Samaradan ikki mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
21.09.2020 5823 Yangiliklar

 

Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan mamlakatimiz fuqarolarini maxsus poyezd reyslari orqali olib kelish jarayoni davom etmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan “Toshkent–Novosibirsk–Toshkent” va “Toshkent–Kinel–Toshkent” yo‘nalishlarida Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk va Samara viloyatlariga O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun ikkita poyezd yuborilgan edi.

Joriy yilning 18- sentyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 854 nafar yo‘lovchi bilan Novosibirsk stansiyasidan yo‘lga chiqqan edi. Bugun ushbu poyezd mamlakatimizga kirib keldi va Pop 2 stansiyasida kutib olindi.

Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar Namangan viloyati transport boshqarmasi tomonidan ajratilgan avtobuslarda Pop tumanidagi karantin zonasiga yetkazildi.

Shuningdek, 938 nafar yurtdoshlarimiz bilan 19-sentyabr kuni Kinel stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan poyezd bugun Toshkent janubiy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.