Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Malakali kadrlar taraqqiyotga xizmat qiladi

Chop etish Sahifani ulashish
27.05.2024 1566 Yangiliklar

Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasidan shuni yaqqol ko‘rish mumkinki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotning “qon tomiri” bo‘lgan logistik infratuzilmaning naqadar samarali tashkil etilgani bilan bog‘liqdir.

 

Mamlakatimiz tashqi siyosiy faoliyatida integrallashuv jarayonining tezlashayotganligini inobatga olib, xalqaro logistika markazlari faoliyatini keng yo‘lga qo‘yilishi shu sohalar uchun malakali mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talabning keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Ayni shu jihatlarni inobatga olgan holda Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi bo‘sh ish o‘rinlarini yosh, iqtidorli va malakali kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida Toshkent davlat transport universitetining transport va logistika yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlar, magistratura va bakalavr bosqichi bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.