Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
17.12.2021 4981 Yangiliklar

 

Bugun, Transport vazirligi rahbariyati hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mamlakatimizning transport salohiyatini yanada yuksaltirish, xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni muvafaqqiyatli amalga oshirish hamda yurtimiz milliy manfaatlarini mustahkamlashda xorijiy davlatlardagi elchilarimizning o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Aynan shu nuqtai nazardan mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatonalari rahbarlari bilan tashkil etilgan ushbu muloqot barcha uchun birdek manfaatli bo‘ldi.

Uchrashuvda Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev so‘nggi yillarda mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.

Taqdimotda Transport vazirligi tomonidan o‘tgan qisqa vaqt davomida mamlakatimiz transport tizimi va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yurtimiz tranzit salohiyatini oshirish hamda transportning barcha turlarini bir-biriga bog‘langan holda o‘zaro uyg‘unlikda rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan soha mutasadilari bilan fikr almashdi.