Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Masofadan malaka oshirish o‘quv kurslariga taklif etamiz

Chop etish Sahifani ulashish
17.08.2023 2512 Yangiliklar

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti:

 

 

Masofadan malaka oshirish o‘quv kurslarida o‘qishga taklif etadi. O‘quv kurslari mashg‘ulotlari institutning maxsus o‘quv platformasi orqali olib boriladi.

 

Ta’lim oluvchilarning mamlakatimizning istalgan hududida teng ta’lim olish hamda malaka oshirish kursi o‘quv dasturlarini masofadan turib o‘zi uchun qulay sharoitda va ishdan ajralmagan holda qulay vaqtda o‘zlashtirishga keng imkoniyat yaratish maqsadida masofadan malaka oshirish o‘quv kurslari 3+1 shaklda (25% bevosita Institutda, 75% ish joyida mustaqil tayyorlanish yo‘li bilan) tashkil etilgan.

 

Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mumtoz ko‘chasi 5-uy.

 

Murojaat uchun telefon: 95-196-44-43, 99-115-74-75, 71-290-73-51

 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Institutning avtoilm.uz rasmiy veb sayti hamda Telegramdagi https://t.me/at_malakaoshirishinstitut kanali orqali olish mumkin.