Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Maxsus poyezd reysi orqali mingga yaqin yurtdoshimiz Rossiyadan olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
27.08.2020 6128 Yangiliklar

 

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don –Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 23 avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 927 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Mazkur poyezd 26 avgust kuni Namangan viloyatiga etib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga etkazildi.