Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Maxsus poyezd reysi orqali Samaradan 938 nafar yurtdoshimiz olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
16.09.2020 5429 Yangiliklar

 

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent–Kinel–Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 14 sentyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 938 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Mazkur poyezd ayni damda Toshkent Janubiy vokzaliga etib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.