21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G‘aniyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Hukumatlararo Yo‘lchilar Kengashi kotibiyati rahbari Buri Karimov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda MDH Hukumatlararo Yo‘lchilar Kengashi kotibiyati va MDH ning transport bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi qo‘shma yig‘ilishini o‘tkazish shuningdek, joriy yilning 24-26 iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Saratov shahrida “Avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlash uchun texnologiya hamda uskunalar” mavzusida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur konferentsiyada MDH Hukumatlararo Yo‘lchilar kengashi faoliyati bilan bog‘liq masallar, xalqaro transport koridorlari va MDH davlatlarining xalqaro avtomobil yo‘llari holati va ularni yaxshilash, yo‘l xo‘jaligi sohasidagi muammolar yechimi kabi masalаlar muhokama etilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvda shuningdek, joriy yilning avgust oyida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Hukumatlararo Yo‘lchilar Kengashi kotibiyati va qator vazirliklar bilan hamkorlikda Eron, Armaniston, Turkmaniston va O‘zbekiston hududi orqali Xalqaro avtosayohat (avtokarvon) tashkil etish masalasi muhokama etildi.