Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Meva-sabzavot eksport-import qiluvchi tadbirkorlar diqqatiga!

Chop etish Sahifani ulashish
23.05.2024 1393 Yangiliklar

Meva-sabzavot, ulardan tayyorlangan mahsulotlar, salqin ichimliklar hamda tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport-import qiluvchi tadbirkorlar diqqatiga!

 

Meva-sabzavot, ulardan tayyorlangan mahsulotlar, salqin ichimliklar hamda tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan manzilga yetkazib berishga mo‘ljallangan sovitkichli transport vositalarida (refrijeratorli vagon, konteyner, avtomobil) yuk tashuvlarining yo‘nalishlari va dastlabki narxlari to‘g‘risida ma’lumotlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘ztemiryo‘lkonteyner”AJ rasmiy veb sahifalarida yoritilib borilmoqda.

 

Shuningdek “O‘zbekiston xalqaro avtomobil tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ)” tomonidan, yuklarni xalqaro avtomobilda tashish yo‘nalishlari va o‘rtacha tariflari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasidan/ga eksport va import tashuvlarini amalga oshirish hamda narxlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishing:

 

https://railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/9407/   

 

https://utk.uz/uz/news/9

 

https://aircuz.uz/