Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi

Chop etish Sahifani ulashish
28.09.2023 6920 Yangiliklar

Atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. 

 

Respublikamizda atlas va adras targ‘ibotini kuchaytirish, o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida «Xon atlas» festivali keng nishonlanmoqda.

 

Ushbu bayramga daxldorlikning o‘ziga xos namunasi sifatida Transport vazirligida faoliyat yurituvchi barcha ayol xodimlar davlat xizmatchisining qat’iy kiyinish qoidalarini milliy atlas va adras liboslari elеmеntlari bilan uyg‘unlashtirdi

 

Festivalda faol ishtirok etgan ayollarimiz go’zal milliy liboslar bilan kiyinishda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini kreativ tarzda namoyon etishdi.