Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Milliy tashuvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
26.02.2024 1685 Yangiliklar

2024-yil 24-fevral kuni Transport vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi bilan birgalikda milliy tashuvchilar (korxona rahbarlari va vakillari) ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish jarayonlari bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

 

Transport vazirning birinchi o‘rinbosari M.Omarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 277-son qaroriga muvofiq milliy tashuvchilarga ularning ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning taqsimoti maxsus formula orqali qanday amalga oshirilishi yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, taqsimot shartlarini bajarishda tashuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan asosiy kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq misollar yordamida tushuntirish berildi.

 

Korxonalar tomonidan Mahsulot va xizmatlarning yagona elektron milliy katalogidagi kodlar bo‘yicha xalqaro yo‘nalishlarda transportda tashish xizmatlari bo‘yicha ma’lumotlarni soliq idoralariga taqdim etishda ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan jihatlar yana bir bor eslatib o‘tildi.

 

Uchrashuv davomida avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma blankalarini avtomatik taqsimlash jarayonini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan korxona rahbarlaridan takliflar qabul qilindi.

 

Korxona rahbarlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlar davomida ko‘tarilgan masalalar va ularning yechimi yuzasidan 200 dan ortiq korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.