Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

MILLIY TAShUVChILAR DIQQATIGA

Chop etish Sahifani ulashish
29.07.2024 69 Yangiliklar

Litva transport xavfsizligi ma’muriyati (LTSA), mamlakat politsiyasi, bojxona xizmati hamda davlat chegaralarini himoya qilish xizmati (SBGS) Latviya chegarasidagi Salochyay (Салочяй ) va Smeline Kalvariya (Смелине Кальвария) chegara nazorat punktlarida uchinchi mamlakat tashuvchilari ustidan kuchaytirilgan nazorat tadbirlarini olib borishmoqda.

 

Rasmiylar uchinchi mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalarida Litva orqali o‘tish uchun zarur ruxsatnomalar mavjudligini tekshirishmoqda. Xususan, reyd tadbirlari davomida xodimlar qalbakilashtirishga qarshi kurashning turli usullaridan foydalangan holda ruxsatnomalarning soxtaligi va haqiqiyligini, ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligini nazoratga olishadi.

 

Qoidabuzarlik holati aniqlangan transport vositasining harakatlanishi taqiqlandi, uning haydovchisi esa ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

 

Milliy tashuvchilardan xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida tegishli hujjatlarning to‘liq holatda bo‘lishi va zarur ma’lumotlarning to‘g‘ri to‘ldirilishiga ahamiyat berishlarini so‘raymiz.