Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Misr ishbilarmonlar kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
04.06.2024 1753 Yangiliklar

Bugun, 4-iyun kuni Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Misr Arab Davlati ishbilarmonlar kengashi vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda Misr Arab Davlati ishbilarmonlariga mamlakatimizda transport va logistika sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

 

Shuningdek, transport sohasida hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyihalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirok etgan Misr kompaniyalari rahbarlari kelajakda investitsiya loyihalarida qatnashish istagini ma’lum qildi.

 

Uchrashuvda har ikki tomon uchun birdek manfaatli bo‘lgan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.