Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Misrning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
16.01.2021 4576 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri v.b. Ilhomjon Mahkamov Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda transport sohasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb va istiqbolli masalalari muhokama etildi. Xususan, mamlakatlarimiz o‘rtasida aviaqatnovlarning amalga oshirilishidagi ijobiy natijalar alohida qayd etib o‘tildi. Covid-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgach aviaqatnovlar sonini yanada oshirish bilan bog‘liq imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar uchrashuvda, shuningdek, ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘nalishidagi imkoniyatlar hali to‘liq ishga solinmaganini qayd etib, aynan ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirishga kelishib oldilar.