Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Mo‘g‘uliston bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
07.05.2024 1279 Yangiliklar

Transport vazirligi xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Sultonov Mo‘g‘uliston yo‘l va transportni rivojlantirish vazirligining siyosat va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Bolor Erden bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi. Xususan, tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risida hukumatlararo bitimni tuzish masalasini muhokama etishdi.

 

O‘zbekiston tomoni takliflariga binoan Mo‘g‘uliston tomoni mamlakatlarimiz o‘rtasida yuk tashuvlari hajmini oshirish maqsadida o‘zaro hamkorlikda transport koridorlarini rivojlantirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

 

Tomonlar uchrashuvda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab olishdi.