Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Multimodal transport yo‘laklarining  ahamiyati ortib bormoqda

Chop etish Sahifani ulashish
04.10.2023 3500 Yangiliklar

Ayni damda Qozog‘istonning Ostona shahrida VI Xalqaro transport-logistika biznes-forumi «NEW SILK WAY» o‘z ishini boshladi.

 

Transport haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbirda ekspert va ishtirokchilar transport tizimlari integratsiyasi va hamkorlik masalalarini, o‘rta koridorni rivojlantirish hamda multimodal tashuvlar sohasidagi yangi texnologiyalar va innovatsiyalar, yuk tashuvlar samaradorligini oshirish va yetkazib berishni takomillashtirish masalalarini muhokama etmoqda.

 

Biznes-forum ishida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilxom Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda. Ilxom Maxkamov forumdagi nutqida bugun dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy jarayonlar fonida intermodal va multimodal tashuvlarning ahamiyati ortib borayotganligini ta’kidladi.

 

Ayni shu jihatni inobatga olgan holda O‘zbekiston tomonidan mintaqada istiqbolli multimodal transport yo‘laklarini shakllantirish va mavjudlarini rivojlantirish borasida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

 

Jumladan, MDH davlatlaridan O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston orqali Hind okeani portlariga chiqish imkoniyatiga ega yangi mintaqaviy koridor yaratish tashabbusi faol ilgari surilmoqda.

 

Tahlillarga ko‘ra 2022-yilda Afg‘oniston orqali Pokistonga tranzit yuk tashish hajmi ikki baravar ko‘payib, 670 ming tonnani tashkil etdi. 2023-yil oxiriga kelib yuk tashish hajmi 1 million tonnadan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.