Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Namangan – Chodak – Namangan" yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
16.05.2024 2521 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-26 mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 6351/6352-sonli «Namangan - Chodak - Namangan» shaharlararo poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.

 

Shu munosabat bilan bugun Namangan temir yo‘l vokzalida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng «Namangan - Chodak - Namangan» shaharlararo poyezdi harakati boshlandi.  

 

Poyezdlar harakati 2024-yil 16-maydan boshlab har kuni aniq jadval asosida harakatlanadi.

 

Xususan;

 

6351 - "Namangan – Chodak" yo‘nalishidagi reys soat 08:10 Namangan shahridagi markaziy temir yo‘l vokzalidan yo‘lga chiqib, soat 11:16 da Chodak temir yo‘l vokzaliga yetib boradi. 

 

6352 - "Chodak – Namangan” yo‘nalishidagi reys soat 19:20 da Chodak temir yo‘l vokzalidan yo‘lga chiqib, soat 22:31 da Namangan shahriga yetib keladi.