Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Namangan shahri jamoat transportida yo'l haqini endilikda elektron tizim orqali amalga oshirish mumkin

Chop etish Sahifani ulashish
05.10.2023 1821 Yangiliklar

Namangan viloyati aholisi va mehmonlariga qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida, jamoat transportida yo'l haqini elektron tizim orqali amalga oshirish yo'lga qo'yildi.

 

Hozirda Namangan shahri ichida harakatlanuvchi 20 ta avtobus yo'nalishlariga 158 dona elektron to'lovni qabul qiluvchi statsionar validatorlar o'rnatilgan bo'lib, yo'lovchilar nafaqat ATTO transport kartalari balki bank kartasi, "ATTO" mobil ilovasi hamda virtual transport kartasi orqali ham to'lovni amalga oshirishlari mumkin.

 

ATTO transport kartalarini tez kunlarda Sardoba bozori, Chorsu bozori, Do'stlik bozori avtobus oraliq bekatlaridan hamda Otchopar shox bekatlaridan xarid qilish mumkin bo'ladi!