Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Namanganda zamonaviy avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi

Chop etish Sahifani ulashish
28.08.2024 200 Yangiliklar

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida Namangan shahrida Xitoyning YUTONG kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 36 dona zamonaviy avtobuslarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Marosimda Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzoqov, Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov, YUTONG kompaniyasi vakillari, nuroniylar, deputatlar, OAV vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

 

Yangi avtobuslarda elektron to‘lov tizimi to‘liq joriy etilgan bo‘lib, yo‘lovchilar uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.

 

Avtobuslar shaharning 1-sonli “Otchopar” bosh bekati – Taxtako‘prik, 2-sonli “Otchopar” bosh bekati – Chorsu, 3-sonli “Yuksalish - Chorsu” yo‘nalishlarida harakatlanmoqda.