Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Namanganga 24 dona zamonaviy YUTONG avtobuslari olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
20.08.2024 429 Yangiliklar

Tez orada yana 12 dona ushbu rusumdagi avtobuslar shaharga yetib keladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-sonli qaroriga asosan Nukus shahri va viloyatlar markazlari jamoat transporti uchun jami 1000 ta avtobuslarni xarid qilish rejalashtirilgan.

 

Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Namangan viloyatida “EXPRESS DOLINA” MChJ shaklidagi qo‘shma korxona tomonidan 36 dona zamonaviy avtobuslar xaridi amalga oshirildi.

 

Ushbu avtobuslar brutto-shartnoma asosida Namangan shahridagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.