Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yangi olib kelingan “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
12.11.2021 4783 Yangiliklar

 

Yo‘lovchilarning zamonaviy poyezdlarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish, bundan tashqari ichki turizmni rivojlantirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2021- yil 13- noyabrdan boshlab haftaning shanba, yakshanba kunlari “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Harakat jadvaliga ko‘ra shanba va yakshanba kunlari soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradigan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Samarqand, Navoiy temir yo‘l vokzallarida ham to‘xtab o‘tib, soat 12:47 da Buxoro 1 temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.

769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi ushbu kunlarda soat 15:02 da Buxoro 1 temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzaliga kirib keladi.