Transport vazirligida Toshkent davlat transport universiteti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan Nukus va Qarshi shaharlari transport Bosh rejasi loyihasi yuzasidan muhokama o‘tkazildi.
Muhokamada Transport vazirligi Jamoat transporti boshqarmasi boshlig‘i R.Babayev va bosh mutaxassis A.Tolakov Toshkent davlat Transport universitetining "Transport vositalari muhandisligi" kafedra mudiri U.Abdurazzokov, "Transport intellektual tizimlari" kafedrasi mudiri Sh.Xakimov ishtirok etdi.
Unda Nukus va Qarshi shahridagi bozorlar, Oliy ta’lim muassasalari, maktablar, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy obyektlar atrofidagi transport va piyodalar harakati bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha asoslangan takliflar, shahar hududlarini qamrab olgan jamoat transportining yangi tarmog‘ini ishlab chiqish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.
Nukus va Qarshi shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasida avtovokzallar, shoh bekatlar, avtoturargohlar, avtosaroylar, yo‘l o‘tkazmalari qurilishi hamda shaharning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini inobatga oluvchi transport sohasidagi yaqin, o‘rta va uzoq istiqbolli rejalar va takliflarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.