Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘mon bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
02.07.2024 1337 Yangiliklar

Bugun, 2-iyul kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov O‘mon sultonligi transport vazirining birinchi o‘rinbosari Xamis bin Muxammad al-Shamaxiy bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

 

Xususan, tomonlar O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Ummon transport koridorining barcha ishtirokchilari bilan Ashxobod kelishuvi doirasidagi ishlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

 

Transafg‘on transport koridoridan foydalangan holda Karachi porti orqali O‘monga yuk tashuvlarini tashkil etish, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Uchrashuvda yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan alohida ishchi guruhini tashkil etishga kelishib olindi.