Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘mon Sultonligi bilan transport logistika sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
03.05.2024 2273 Yangiliklar

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “III Toshkent xalqaro investitsiya forumi” doirasida Transport vaziri Ilhom Maxkamov bugun O‘mon Sultonligi savdo, sanoat va investitsiyalarga ko‘maklashish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Transport vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

 

Xususan, aviaqatnovlarni rivojlantirish, logistika markazlarini barpo etish hamda Transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasi doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

 

Uchrashuvda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.