Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“O‘zaeronavigatsiya” Markazi va KAC o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Chop etish Sahifani ulashish
14.09.2023 1782 Yangiliklar

Joriy yilning 12-sentabr kuni “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK va KAC (Korean Airports Corporation) korporatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv davomida “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK mutaxassislarini qayta tayyorlov kurslarida o’qitish, Markaz muhandis-texnik xodimlari bilan nosozliklarni bartaraf etish uchun operativ yordam ko‘rsatish bo’yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar ko’rib chiqildi.

 

Shu bilan birga, konsalting xizmatlari sohasida hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi. Muzokaralar  yakunida korxonalar o‘rtasida “O‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi” imzolandi.

 

Eslatib o’tamiz, KAC Janubiy Koreya davlat kompaniyasi boʻlib, 14 ta hududiy aeroportlarni kompleks boshqish, aeroportlardan foydalanish, qurilish bilan bog’liq bo’lgan texnik jihatlarni tadqiqot va tahlil qilish, aeroport obʼyektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanish, aviatsiya xodimlarini malakasini oshirish kabi masalalar bilan shugʻullanadi. Shuningdek, KAC aeronavigatsiya uskunalarini yetkazib beruvchi yirik korxona hisoblanadi.