Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"O‘zaviatsiya" agentligi 25 yoshda

Chop etish Sahifani ulashish
16.06.2023 1752 Yangiliklar

Bugun, 2023-yilning 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Davavianazorat) fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan mustaqil organ sifatida tashkil etilganiga 25 yil to‘ldi.

 

"O‘zaviatsiya" agentligi IKAO standartlari va ilg‘or jahon tajribasiga muvofiq parvozlar xavfsizligini ta’minlash ustidan yuklatilagn nazorat vazifalarini tizimli ravishda amalga oshirmoqda.

 

Joriy yilda erishilgan eng asosiy yutuqlardan biri IKAO auditi natijalari bo‘yicha “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga ijobiy baho berilgani bo‘ldi.

 

Ushbu sana munosabati bilan Transport vaziriligi jamoasi “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlarini chin qalbdan muborakbod etadi va fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi o‘ta mas’uliyatli va sharafli ishlarida zafarlar tilaydi.